10 noy 14:19
Yangiliklar
Bugun Otabek Xolmatov Karib dengizi bo'yida jang o'tkazadi
Xolmatov (6-0) prof ringdagi oltinchi jangida ringga ko'tariladi va unda hamyurtimizga kolumbiyalik Estevin Ererra raqiblik qiladi. Qizig'i, Ererra bungacha 11 martta ringga chiqqan va ularning barchasida mag'lub bo'lgan.
Yana bir etiborga molik jihat, Xolmatov 6 kun avval ham jang qilgan edi. O'sha jangda bokschimiz boshqa bir kolumbiyalik – Pedro Ramiresga qarshi ringga ko'tarilgan va g'alaba qozongandi. Bu uning so'nggi bir oyda o'tkazgan beshinchi jangi bo'ladi.
Otabek Xolmatov 10 kundan so'ng yana bitta jang o'tkazadi. CHarm qo'lqop ustamiz 20 noyabr kuni AQSHning Mayami shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida dominikanlik tajribali bokschi Xuan Karlos Penaga qarshi ringga chiqadi.
Fikrlar