22 sen 13:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/45511_220.jpg)
Bugun SHahram G'iyosov Sevara Nazarxon qo'shig'i ostida ringga ko'tariladi
Hamyurtimizga bugungi jangda nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi. G'iyosov arenaga O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Sevara Nazarxonning “Ulug'imsan Vatanim” qo'shig'i ostida chiqib keladi. Sevara “Uembli” arenasida ushbu xit taronaga aylangan qo'shig'ini jonli tarzda ijro etadi.
Malumot uchun, SHahram shu kungacha prof ringda to'rt marotaba jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (3tasi nokaut bilan). Laguna esa 14ta jangning barchasida g'olib bo'lgan. O'nta jangini muddatidan oldin yakunlagan.
Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadigan jang “UzReport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan britaniyalik Entoni Joshua hamda rossiyalik davogar Aleksandr Povetkin o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar