19 fev 10:08
Yangiliklar
Bugun Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida uch dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Bugun o'rta vazn toifasidagi dzyudochilar o'z mahoratlarini namoyish etadilar. Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz azolaridan uch nafari musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi. Ular orasida o'tgan yili ham yoshlar, ham kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida g'oliblik shoxsupasiga ko'tarilgan Jaloliddin Boynazarov uchun haqiqiy imtixon. U faoliyatida ilk bor bunday nufuzdagi turnirda ishtirok etadi. SHuningdek, bugun SHarofiddin Boltaboev va Gulnoza Matniyazovaga ham muxlislik qilamiz.
Hamyurtlarimizning ilk raqiblari:
-73 kg: Jaloliddin Boynazarov — Bexruzi Xojazoda (Tojikiston)
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev — Dorin Gotonoaga (Moldova)
Qizlar
-70 kg: Gulnoza Matniyazova — Jivonna Skokkimarro (Germaniya)
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan bahslarda Sardor Nurillaev va Muhriddin Tilovov bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar