06 okt 08:21
Yangiliklar
Dzyudo

Bugun Toshkentda jahon chempionati boshlanadi
Bugun, 6 oktyabr kuni Toshkent shahrida dzyudo bo'yicha jahon chempionati start oladi.
Musobaqada jahonning 82 mamlakatidan 571 nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi.
Bugun musobaqa doirasida erkaklar o'rtasida -60 kg, ayollar o'rtasida esa -48 kg vazn toifasida bahslar o'tkaziladi. Unda ikki nafar o'zbek dzyudochisi ham kurashadi.
-60 kg vaznda Dilshod Baratov bahs olib borsa, -48 kg vaznli Halimajon Qurbonova ham medallar uchun kurashadi.
Bellashuvlar soat 10:30 da "Humo Arena"da start oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar