So’nggi yangiliklar

21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 20:28Чимаев октагонга қайтишга тайёр! У ким билан жанг қилмоқчи эканини айтди 0 19:49Жонсон Умар Нурмагомедовнинг Ядонг билан жангидаги хатосини айтди 0 19:26Султонов икки ғалабаси эвазига асосий тўрга чиқди. Илк даврада ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз! 0 19:01Расман. Англия терма жамоаси аъзоси "Ал-Ҳилол"га ўтди 0 18:26Тайсон Фьюри Хргович билан жанг учун шартини айтди 0 17:45"Дана Уайт доғистонликларга ҳамма нарсага рухсат беради" - UFC жангчиси 0 17:13Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли ўртасидаги реванш санаси маълум қилинди 0 16:46Платини "Олтин тўп"ни Кварацхелияга бермоқчи 0 16:07"Ҳеч ким бу жангга рози бўлмайди" — Хукер Усман Нурмагомедовнинг UFCдаги эҳтимолий дебюти ҳақида гапирди 0 15:30Хргович: "Итаума рақибларим орасида энг яхшиси, аммо..." 0 14:59Янгиланган WTA рейтингида Ўзбекистоннинг биринчи ракеткаси ўзгарди 0 14:33Платини Инфантинони танқид қилди ва уни ФИФАдан истеъфога чиқишга чақирди 0 14:08Тайсон Фьюри: "Агар гап сотиш учун чемпионлик камарлари берилганда, мен мутлақ жаҳон чемпиони бўлардим" 0 13:39Mangu 5 турнири учун яна бир қизиқарли жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0

14 noy 08:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun Toshkentda katta prof boks oqshomi o'tkaziladi (to'liq kard)

Mutlaq jahon chempionlari Aleksandr Usik va Terens Krouford kuzatib boradigan ushbu boks kechasiga "Humo Arena" mezbonlik qiladi.

Har ikki boks afsonasi Toshkentga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan. 

Turnirning asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. Unda charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov (17-0-0) rossiyalik Mark Urvanov (25-4-2)ga qarshi ringga ko'tariladi. G'iyosov prof boksda 17 ta jang o'tkazgan bo'lib, barchasida g'alaba qozongan. Urvanov 25 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan.  

Oqoshomning co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi superog'ir vaznda tashkil etiladi. Ringda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan bokschilar Bahodir Jalolov (16-0-0) hamda nigeriyalik Solomon Adebayo (14-0-0) o'zaro to'qnash keladi. Har ikki jang 8 raund etib belgilangan. 

SHuningdek, bugungi prof boks oqshomi doirasida Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Lazizbek Mullojonov nigeriyalik Monyasahu Muritadorga, yana bir hamyurtimiz Nurislom Ismoilov Tanzaniya vakili Jozef Maigvisyaga qarshi ringga chiqadi. Har ikki jang WBC CISBB kamari uchun o'tkaziladi.


Boks oqshomining to'liq kardi:

Markaziy jang. Yarim o'rta vazn toifasida 8 raundlik jang: SHahram G'iyosov (O'zbekiston, 17-0-0) - Mark Urvanov (Rossiya, 25-4-2)

Superog'ir vaznda 8 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O'zbekiston, 16-0-0) - Solomon Adebayo (Nigeriya, 14-0-0)

Superog'ir vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Lazizbek Mullojonov (O'zbekiston, 6-0-0) - Monyasahu Muritador (Nigeriya, 6-3-2)

Og'ir vaznda 6 raundlik jang: SHohjahon Abdullaev (O'zbekiston, 5-0-0) - Gutram Ngoya (Tanzaniya, 13-2-0)

Superog'ir vaznda 6 raundlik jang: Ozodbek Aliev (O'zbekiston, 3-0-0) - Aleksandr Zubkov (Rossiya, 11-12-0)

Ikkinchi o'rta vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Nurislom Ismoilov (O'zbekiston, 7-0-0) - Jozef Maigvisya (Tanzaniya, 15-5-0)

Ikkinchi o'rta vaznda 6 raundlik jang: Aloxon Abdullaev (O'zbekiston, 4-0-1) - Suhrob Qayumov (O'zbekiston, 4-0-1)

Super yarim o'rta vaznda 8 raundlik jang: Rajab Butaev (Rossiya, 15-1-0) - Artyom Pugach (Rossiya, 3-12-4)

Yarim engil vaznda 6 raundlik jang: Baxtiyor Ilyosov (O'zbekiston, 1-4-0) - Xursand Imankuliev (Turkmaniston, 4-0-0)

Yarim o'rta vaznda 6 raundlik jang: SHerzod Xabibov (O'zbekiston, 4-0-0) - Asadbek Bekmirzaev (O'zbekiston, 1-1-0).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing