So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

03 iyu 12:20
Yangiliklar

Kikboksing

Bugun Toshkentda prof kikboks bo'yicha turnir o'tkaziladi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Husanxon Baratov
Uchinchi kundir-ki, poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasi kikboksing bo'yicha Uzbekistan Open 2 turniriga mezbonlik qilmoqda.

Dastlabki ikki kun havaskorlar o'rtasidagi bir-biridan qiziqarli janglar tashkil etildi. Bugun esa avvaliga havaskorlar o'rtasidagi ushbu janglarning final bellashuvlari o'tkaziladi, keyin esa professionallarga navbat beriladi. 

Kecha kechqurun bugungi prof kikboks janglari oldidan "International" mehmonxonasida rasmiy tarozidan o'tish va ko'z urishtirish marosimi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o'tkazildi. Barcha to'rt juftlik jangchilari belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Birgina Temurbek Xolmatovning misrlik raqibi Abdulloh Mando Toshkentga belgilangan vaqtda etib kela olmadi. Reysdagi kechikish sabab u kecha yarim tunda poytaxtimizga etib kelgan. 


Bugungi prof jang juftliklari:

Guljahon Normatova (O'zbekiston) - Mariya Belkina (Ukraina)  

Temurbek Xolmatov (O'zbekiston) - Abdulloh Mando (Misr)

Husanxon Baratov (O'zbekiston) - Mehmet O'zer (Turkiya)

Murodbek Azimov (O'zbekiston) - Ivan Bertich (Xorvatiya)


Matbuot anjumanida O'zbekiston Kikboksing federaciyasi raisi Oybek Narmetov WAKO tashkiloti bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan ushbu xalqaro turnirning tashkiliy jihatlariga atroflicha to'xtalib o'tdi. Jangchilar esa faqat g'alaba uchun ringga chiqishlarini malum qilishdi.

Malumot uchun, bugungi professional kikboksing oqshomi poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing