09 may 09:26
Yangiliklar

Qazaqstan Barysy Grand Slam turnirining ilk kuni etti nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi nufuzli turnirda dunyoning 44 davlatidan jami 358 (202 erkak, 156) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishishadi.
Bugun Qazaqstan Barysy Grand Slam turnirining ilk kuni engil vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Erkaklar o'rtasida -60, -66 kg, ayollarda esa -48, -52 va -57 kg vaznlarda g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. Bugun 7 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz. Saralash bahslari soat 10:00da boshlanadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva — Leyli Geldieva (Turkmaniston)
-48 kg: Ulbusin Hakimova — CHiu CHih-Jou (Xitoy Taypeyi)
-52 kg: Umida Jumaniyozova — Kundiz Jilkibay (Qozog'iston)
-60 kg: Mirodil Murodillaev — Ikrom SHamsov (Tojikiston)
-60 kg: Doston Ro'ziev — Vey Ling Yun (Xitoy)
-66 kg: Muhriddin Tilovov — Vadim CHernov (Ukraina)/ Valerio Akkoli (Italiya)
-66 kg: Dilshod Baratov — Kim CHen Yong (Koreya Respublikasi)
Fikrlar