11 dek 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Xurshid Tojiboev Konkabaev bilan bir oqshomda ringga ko'tariladi
Bugun bokschimiz Xurshid Tojiboev professional ringdagi oltinchi jangini o'tkazadi.
Qozog'istonning Almati shahri mezbonlik qiladigan boks oqshomida hamyurtimiz rossiyalik Pavel Malikovga (16-4-1, 6 KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Xurshid Tojiboev shu kungacha prof boksda 5 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarning uchtasida u raqiblarini muddatidan oldin mag'lub etgan. Jang sakkiz raundga mo'ljallangan.
Kechaning markaziy jangida qozog'istonlik og'ir vaznli bokschi Kamshibek Konkabaev og'ir vazndagi vakant bo'lib turgan WBA Gold kamari uchun britaniyalik Stiven Uordga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar