So’nggi yangiliklar

10:42Бектемир Мелиқўзиев рақибини нокаутга учратди 0 10:07Самбочиларимиз Жаҳон чемпионатининг биринчи куни 6 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Фабио Каннаваро: “Ҳақиқий лидерни жамоанинг ўзи танлайди” 0 09:05"Лаънати Конор". Сехудо UFC`ни Макгрегор билан шартномани узайтирмасликка чақирди 0 08:34ONE чемпиони Ислам Махачевни адабини бериб қўймоқчи 0 08:03Карлос Пратес Ислам Махачев билан жанг учун сўнгги муддатни белгилади 0 07:32Фабио Каннаваро: “Илгари муаммолар кийиниш хонасида ҳал қилинарди, ҳозир эса...” 0 07:01UFC Fight Night 293 тарози натижалари. Асосий жанг иштирокчиси рақибидан 10 кг оғир чиқди 0 20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0

25 may 09:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Buni ko'rish kerak: 2010-2020 yillar oralig'idagi eng "yirtqichona" nokautlar

So'nggi dekadadagi eng zo'r nokautlardan bahra oling.

Boks sport turida oxirgi o'n yillik davomida eng chiroyli nokautlarning guvohiga aylandik. Boksda avvallari kuch ko'p narsani hal qilar edi, endilikda esa bokschilar taktikaga ham etibor bera boshlashdi, nazdimizda. Hozirda raqibingizning zaif nuqtalaridan foydalanib ham uni mag'lub eta olishingiz mumkin. Va yodingizda tuting, raqibingizni birgina zarba orqali ham "uxlatib qo'yishingiz" mumkin. Etiboringizga 2010-2020 yillar oralig'idagi eng yaxshi nokautlarni havola qilamiz. Demak, tomosha qiling!

Xuan Manuel Markes — Menni Pakyao (08. 12. 2012)

Bu ikki bokschi bir-birini juda yaxshi bilar edi, axir bu ularning naq to'rtinchi jangi edi-da, o'ziyam. Avvalgi uchta jangning barchasida Markes omadsizlikka uchragandi. To'rtinchi jangda u hammasini uzil-kesil hal qilish niyatida edi. Jangning oltinchi raundi davom etayotgan bir pallada Markes Pakyaoga juda kuchli zarba yo'llaydi, Menni bu zarbadan so'ng bir necha daqiqa o'ziga kela olmaydi.



Vladimir Klichko — Kubrat Pulev (15. 11. 2014)

Vladimir Klichko o'sha paytda og'ir vaznni nazorat qilar edi, u vaqti kelib shu vazndagi kamarlarning barini o'ziniki qilib olishi ham mumkin edi. Jangning oltinchi raundida Klichkoning raqibi yuziga yo'llagan zarbasi tufayli Pulev qaytib o'rnidan tura olmaydi. ESPN versiyasiga ko'ra bu 2014 yilning eng yaxshi nokauti edi.



Aleksandr Povetkin — Dillian Uayt (22. 10. 2020)

Boks, Povetkin, nokaut — bu uch so'zni hech qachon bir-biridan ayirib bo'lmaydi. "Rossiya ricari" ajoyib zarbalar arsenaliga ega edi. Dillian Uayt ham yulduz bokschi edi, ammo Povetkin uni chempionlik jangida mag'lub eta oldi. Uayt butun jangda favorit bo'lishi kutilgan edi, biroq beshinchi raundda rossiyalik jangchining apperkot zarbasi barcha taxminlarni yo'qqa chiqardi.



Gennadiy Golovkin — Nobuxiro Isida (30. 03. 2013)

O'rta vazn toifasidagi eng yaxshi bokschilardan biri bu shubhasiz Gennadiy Golovkin edi. 2013 yilda uning tajribali Isidaga yo'llagan zarbasi ancha mashhur bo'lib ketadi, yaponiyalik bokschining shu zarbadan so'ng o'ziga kelishi qiyin kechadi.



Saul Alvares — Amir Xan  (2. 05. 2016)

WBC kamari uchun kechgan jangda Xan yaqqol ustunlikka erishishi kutilgan edi. Biroq Saul Alvares raqibiga ketma-ket zarbalar yo'llaydi. O'ng tomondan yo'llangan xuk zarbasi Amirning ko'z o'ngiga butun hayotini keltirib yuborgan bo'lsa ajabmas.


Reyting:    

Fikrlar

   
25 may 11:33:27
aszmuzb
Аммо, жангнинг олтинчи раунди давом этаётган бир паллада Пакьяо Маркесга жуда кучли зарба йўллайди, Хуан бу зарбадан сўнг бир неча дақиқа ўзига кела олмайди. .... аксинчаку...Пакьяо ухлаб колганку Маркесни зарбасидан сунг...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing