23 sen 14:27
Yangiliklar

Buxoro MMA bo'yicha navbatdagi musobaqaga mezbonlik qiladi
Musobaqada yurtimizning barcha viloyatlardan o'smirlar 10 ta vazn toifasida, yoshlar esa 9 ta vazn toifasida, jami 200 nafardan ziyod sportchi o'z mahoratlarini namoyish etishadi. Aytish kerakki, shu yilning mart oyida aynan ushbu yoshdagi sportchilar o'rtasida ilk marotaba tarixiy Mamlakat chempionati tashkil etilgan bo'lsa, pandemiya-karantin holatlari sabab o'tgan 5 oy davomida o'smirlar va yoshlar onlayn tarzda mashg'ulotlar o'tkazgan va ushbu mashg'ulotlarni tajribali murabbiylar nazorat qilib borishgan.
Musobaqada 19 ta oltin, shuncha kumush va 38 ta bronza medallari o'z egalariga topshiriladi.
O'zbekiston kubogi musobaqasining saralash janglari 25–26 sentyabr kunlari, hal qiluvchi janglar esa 27 sentyabr sanasiga belgilangan.
Fikrlar