17 noy 16:50
Yangiliklar
Taekvondo
CHaros Qayumova Franciya ochiq chempionati g'olibi bo'ldi
Taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Franciyaning Parij shahridagi French Open turnirida ishtirok etishlari haqida xabar qilgandik.
-53 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan CHaros Qayumova musobaqa davomida ikki nafar franciyalik, yana ikki nafar turkiyalik sportchilarni mag'lubiyatga uchratib, finalgacha etib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa italiyalik raqibidan ustun keldi va oltin medal egasiga aylandi.
Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa taekvondochilarga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. Turnir davom etmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar