03 iyu 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Adesanya ishtirokidagi UFC 276 turnirining markaziy jangi yakunlandi + FOTOGALEREYA
Hozirgina AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan UFC 276 turniri yakuniga etdi.
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda amaldagi chempion Israel Adesanya davogar Jared Kannonega qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda Israel hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Asli Nigeriyada tug'ilgan, hozirda Yangi Zelandiya bayrog'i ostida oktagonga chiqayotgan 32 yoshli Israel Adesanya MMAdagi 23-g'alabasini tantana qildi. Hisobida bitta mag'lubiyat bor. Amerikalik 38 yoshli Jared Kannone esa faoliyatidagi 6-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Qolgan 15 ta jangida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar