19 avg 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Xamzat CHimaev Abu-Dabida shayxlar tomonidan kutib olindi + FOTOREPORTAJ
O'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Xamzat CHimaev BAAga qaytdi.
Poytaxt Abu-Dabi xalqaro aeroportida BAA sharafini himoya qilayotgan asli chechen aralash yakkakurash ustasini mamlakat mulozimlari qarshi olishdi.
CHimaev yakshanba tongida AQSHning CHikago shahrida o'tkazilgan UFC 319 turnirining asosiy jangida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus Dyu Plessini juda katta ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratib, o'rta vazn toifasining yangi chempioniga aylangandi.
Havola :
Fikrlar