13 apr 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA

CHendler 10 iyul kuni jang qilishga tayyor. O'sha kunga Makgregor va Pore bahsi belgilangandi
Bellator'ning sobiq chempioni Maykl CHendler Tvitterdagi sahifasida 10 iyul kuni jang qilishga tayyor ekanligini malum qildi.
O'sha kuniga Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi jang belgilangandi. Ammo kecha Pore Makgregorni 500 ming dollarni xayriya qilish vadasini bajarmaganlikda aybladi. Konor esa bunga javoban ushbu jang bekor qilinganligini aytgandi.
Bu orada CHendler Tvitterda "15 may va 10 iyul... Band qilib qo'ying" deb xabar qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, CHendler 15 may kuni braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi engil vazn chempionligi uchun jang qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar