24 jan 15:20
Yangiliklar

CHendler: Xabibga yangi chaqiruv kerak. Mendirman o'sha!
"Bu hafta men uchun boshqacha edi. Tayyorgarlik, vazn tashlash - barchasi o'zgacha edi. Men MMA bilan ancha yillardan beri shug'ullanib kelaman. Uzoq vaqtlardan beri miyamni, tanamni yaxshi holatda ushlab kelaman. Juda ko'p bor oktagonga kirganman, o'sha vaqtlarda yo'qotadigan narsalarim bor edi, biroq bugungi jangda emas.
Huker engil vaznning eng kuchlilardan biri, biroq menda hech qanday qo'rquv yo'q edi. Boshida biroz hayajonlandim, biroq keyinchalik barchasi joyiga tushdi. O'sha vaqtda oilamni o'yladim. Bu faoliyatimdagi eng zo'r janglardan biri. Xabib qaytib jang qilsa, zo'r bo'lardi. To'g'ri hozircha Xabib men haqimda o'ylashiga haqli emasman. Biroq u qaytib menga qarshi jang qilsa, uning natijasi boshqacha bo'lishi mumkin.
Xabib qaytib jang qilgan jangchilariga qarshi oktagonga ko'tarilganidan nima foyda. Unga yangi chaqiruv kerak. Aynan o'sha menman. O'zimni kuchimga ishonaman va Xabibni mag'lub eta olaman. SHuningdek, Dastinga qarshi jang qilishga ham qarshi emasman. Unga qarshi chempionlik jangi ajoyib bo'lardi. Uni qattiq hurmat qilaman. Unga qarshi ajoyib jang bo'ladi", - dedi Maykl CHender.
Fikrlar