10 jan 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"CHendlerning UFC'da chempion bo'lishiga borimni tikaman"
UFC jangchisi Gilbert Berns Maykl CHendlerning imkoniyatlariga yuqori baho bermoqda.
"CHendlerning UFC'da chempion bo'lishiga borimni tikaman. Odamlar uning harakatidan xayratga tushishgandi. Uning kurashi bilan birgalikda qo'l zarbalari ham ancha kuchli. Uni chempion bo'lishiga ishonaman. Agar Xabib faoliyatini tiklamasa, engil vazn toifasida bir nechta kuchli jangchilar kamar uchun harakat qilishadi. Biroq, CHendler ularning barchasini mag'lub etib, kamarga ega chiqadi", - dedi Berns.
Eslatib o'tamiz, CHenlder UFC'dagi debyut jangini 23 yanvar kuni Den Hukerga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar