05 fev 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev: "Avval Edvards, keyin esa Kamaru Usman ustidan nazorat qilaman"
SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev Leon Edvardsga qarshi jangi oldidan g'alaba qozonishga ishonmoqda.
Uning so'zlariga ko'ra ushbu jangni hal qilganidan so'ng, Xamzat Kamara Usman bilan jang qiladi.
"Men Edvardsning birorta jangini ko'rganim yo'q. Faqatgina uning Kamaru Usman bilan jangining qiziqarli vaziyatlarini ko'rdim. Agarda Usman Edvardsni shunday mag'lub qilgan bo'lsa, unda men uni yanchib tashlayman. Leonda nokaut qiluvchi kuch yo'q.
Men Edvards ustidan nazorat qilaman. Keyin esa Kamaru Usman ustidan. Bu tez orada sodir bo'ladi. Menda hozircha g'alabalar soni to'qqizta, ammo tez orada o'nta bo'ladi", - dedi Xamzat CHimaev.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar