20 avg 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

"CHimaev bilan UFC 321’da jang qilishga tayyorman" - ONE sobiq chempioni
ONE promoushenining sobiq o'rta vazn chempioni, niderlandiyalik Rene de Ridder 25 oktyabr kuni Abu-Dabida o'tadigan UFC 321 turnirida Xamzat CHimaevga qarshi jang qilishga tayyor ekanini bildirdi.
"Men allaqachon eng yaxshi amerikalik kurashchiga qarshi jang qilganman. Endi esa Kavkazning eng yaxshi kurashchisiga qarshi o'zimni sinab ko'rish qiziq. Menga shartnoma yuboring", — deya de Ridderning so'zlarini Championship Rounds keltirmoqda.
Rene de Ridder — niderlandiyalik aralash jang sanati ustasi, ONE promoushenining sobiq o'rta vazn va yarimog'ir vazn chempioni. Uning hisobida 21 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar