12 sen 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev Diaz bilan bekor qilingan jangi haqida: "Men uni o'ldirar edim"
SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev amerikalik Neyt Diaz bilan bekor qilingan jang haqida fikr bildirdi.
Aslida Xamzat Neyt Diaz bilan jang qilishi kerak edi. Ammo, u vazn qila olmagani sababli uzoq kutilgan jang bekor bo'lgandi. Neyt vazni o'zidan og'irroq chiqqan yigit bilan jang qilishni istamagan edi. Natijada Xamzat CHimaev Kevin Xolland bilan, Neyt Diaz esa Toni Fergyuson bilan jang qilishiga to'g'ri keldi.
CHimaev bu holatga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Men Diazni o'ldirib qo'ygan bo'lar edim. Keyin esa qamoqda o'tirardim ehtimol, xursand bo'lishim kerakdir", - dedi CHimaev UFC 279 turniridan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar