27 iyu 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/228349_220.jpg)
CHimaev Diazga qarshi jangdan so'ng vaznini o'zgartirmoqchi
UFC jangchisi Xamzat CHimaev Neyt Diazga qarshi jangdan keyingi rejalari haqida gapirdi.
"Neyt Diazdan so'ng balki o'rta vaznga ko'tarilarman. Agar Kamar Usmanni uzoq vaqt kutishga to'g'ri kelsa, men o'rta vaznda jang qilaman.
Men o'sha vaznda kim bilandir to'qnash kelaman. CHunki biryo'la ikki vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritmoqchiman", - dedi CHimaev.
Eslatib o'tamiz, CHimaev va Diaz o'rtasidagi jang 11 sentyabr kuni AQSHda UFC 279 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar