29 avg 19:21
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev Diazni "sindirishi"ni aytdi
SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev amerikalik Neyt Diaz bilan jangga rozi bo'lganining sababini aytdi.
"Aslida, menga bu yigit bilan jang kerak emas. Men u bilan shunchaki, o'yin-kulgi uchun jang qilaman. Men yosh bola ekanligimda, u jang qilar edi. To'g'ri, men kamar uchun jang qilishni kutyapman... Lekin men bu jangni qabul qildim. Umuman olganda, bu yigit "top" emas, lekin u mashhur. Hamma uni yaxshi ko'radi, hamma bu gangster haqida gapiradi. Men esa gangsterlarni nonushtaga eyman. Men uni "sindiraman!"", - deya CHimaevning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Malumot uchun, Xamzat CHimaev va Neyt Diaz o'rtasidagi jang 11 sentyabr kuni UFC 279 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Avvalroq, Xamzat Konor Makgregor haqida fikr bildirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar