03 noy 09:18
Yangiliklar

CHimaev, Maxachev, Ankalaev UFC reytingida ko'tarildi (3 ta vaznning Top-15 ko'rinishi)
Ushbu oqshomda g'alaba qozongan Xamzat CHimaev, Islam Maxachev va Magomed Ankalaev reytingdagi o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi. 30 yoshli Maxachev birinchi raundda kimura usulida Den Xukerni mag'lubiyatga uchratgan edi, u reytingda bir pog'ona yuqoriladi.
Mag'lubiyatga uchragan Xuker 6-pog'onadan 8-o'ringa pastladi. Maykl CHendler ham Islamga o'rnini bo'shatib, 5-o'ringa tushdi. Bu vaznda CHarlz Oliveyra chempion bo'lib turibdi. Dastin Pore esa reyting peshqadami.
Kamaru Usman chempion bo'lgan vaznda Xamzat CHimaev 10-o'rinda qayd etilgan. Xorxe Masvidal bir pog'onaga pastladi.
Yan Blaxovichdan chempionlik kamarini tortib olgan 42 yoshli Glover Teyshera vaznida Magomed Ankalaev 6-o'ringa ko'tarildi.
Fikrlar