01 sen 08:19
Yangiliklar

CHimaevning menejeri: "Xamzat ikkita divizionda chempionlik kamarni ko'lga kiritmoqchi"
"Biz yarim o'rta vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritib, keyin yuqori divizionga ko'tarilishni istaymiz. Ikkinchi kamarni qo'lga kiritsak, boshqa biror narsaga harakat qilamiz.
Xamzat yarim og'ir va og'ir vazn toifalarida jang qilsa hayron qolmayman. Xamzat doimo ular bilan mashq qiladi. SHuning uchun uning jismoniy holati bunga tayyor.
U boshqa yarim o'rta vaznlilarga o'xshamaydi. Sport zalida bu diviziondan bir nechta jangchilar bor. Lekin, ularni Volkan Ozdemir, Ilir Latifi yoki Aleks Gustafssonga qarshi qo'yolmayman. Lekin, Xamzat bundan mustasno" — dedi SHammas.
Eslatib o'tamiz, 11 sentyabr kuni CHimaev Las-Vegasda, UFC 279 turnirida Neyt Diazga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar