16 sen 07:28
Yangiliklar
![](/upload/storage/235484_220.jpg)
CHimaevning qaysi vaznda jang qilgani yaxshiroq ekani aytildi
"Men yarim o'rta vaznda qatnashganimda, hayotim ayanchli edi. Har kecha yugurar edim. Ammo, CHimaevning yarim o'rta vazn toifasida chempion bo'lish imkoniyati yuqoriroq. Tushunaman, bu qiyin. Balki, baxtsiz hodisa bo'lmaganida, men ushbu vazn toifasidagi faoliyatimni davom ettirgan bo'lardim.
Navbatdagi raqibga kelsak, unga yuqori darajadagi jangchi kerak. Kovington bilan jang uning uchun ajoyib variant bo'lishi mumkin. O'ylaymanki, agar u g'alaba qozonsa, chempionlik uchun imkoniyatga ega bo'ladi", - deya Striklendning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev UFC 279 turnirida amerikalik Kevin Xollandni mag'lub etgandi. Avvalroq, CHimaev Xabibning tanqidiga munosabat bildirgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar