So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

30 mar 18:21
Yangiliklar

Velosport

CHimkent-Toshkent velomarafoni: g'oliblar aniqlandi

Avval xabar qilganimizdek, bugun CHimkent-Toshkent yo'li bo'ylab velomarafoni bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston hamda Qozog'iston velosiped sporti federaciyalari tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqa 2018 yil – Qozog'istonda ”O'zbekiston yili” va 2019 yil – O'zbekistonda ”Qozog'iston yili”, deb elon qilingani munosabati bilan o'tkazildi.

Velomarafonda 250 nafar yaqin qozog'istonlik va o'zbekistonlik velosipedchilar Qozog'istonning CHimkent shahridan Toshkentdagi Qozog'iston elchixonasiga qadar bo'lgan 130 kilometrlik masofani bosib o'tdi. Ishtirokchilarga qulaylik yaratish maqsadida ular uchun yashil yo'lak tashkil etildi.

Musobaqaning finish chizig'ida madaniy dastur tashkil etilib, o'zbek estradasi yulduzlari ishtirokida koncert namoyish etildi. 

Marafon g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimida Qozog'istonning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov, Toshkent shahri hokimi o'rinbosari Dilbar Najmutdinova so'zga chiqib, bu tadbir ikki davlat o'rtasida do'stlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga, sog'lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qilishini takidlab, bu kabi musobaqalarni ananaviy tarzda o'tkazilishini malum qildi. 

Velomarafonda marraga birinchi bo'lib qozog'istonlik Aleksey Sidorenko etib kelgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni angliyalik Metyu Rayt va uchinchi o'rinni yurtdoshimiz SHohrux Yunusov qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing