22 okt 08:14
Yangiliklar
Tennis

Cicipas Antverpenda finalga chiqa olmadi
Belgiyaning Antverpen shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turnirida yarim final uchrashuvlari o'tkazildi.
Kutilmaganda dunyoning ettinchi raketkasi Stefanos Cicipas ATP reytingida 38-pog'onada borayotgan franciyalik Artur Fisga tay-breklarda yutqazib qo'ydi - 6/7(5), 6/7(4). Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Ikki soatu 2 daqiqa davom etgan bahsda Cicipas 10, Fis 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar ikkala raketka ustasida ham 1 tadan bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
O’xshash yangiliklar
09:38
ATP reytingi. Fomin bu hafta ham yaxshigina yuqoriladi, Sultonov ham, Top-10`da bir nechta o'zgarish 0
Fikrlar