20 avg 13:20
Yangiliklar
Tennis
Cincinnati. Jokovich - Zverev bahsida ikkinchi finalchi aniqlandi
Cincinatti "Masters" turnirining final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich ikkinchi yarim final uchrashuvida ATP reytingida 17-o'rinni egallab turgan germaniyalik Aleksandr Zverevni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(5), 7/5. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Novak oldinda bormoqda - 8:4.
Ikki soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda Zverev 10, Jokovich 4 ta eys zarbani ijro etgan. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham 3 tadan bo'ldi. Zverev 1, Jokovich 2 ta breykni amalga oshirdi. Bugun tunda Novak Western & Southern Open bosh sovrini uchun dunyoning birinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkarazga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar