18 avg 15:32
Yangiliklar
Tennis
Cincinnati "Masters". Jokovich 1/4 finalga yo'l oldi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich AQSHning Cincinnati shahrida o'tkazilayotgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirdagi yurishini davom ettirmoqda.
Serbiyalik tennis yulduzi uchinchi davrada reytingning 211-pog'onasida borayotgan franciyalik Gael Monfisga deyarli imkoniyat qoldirmadi - 6/3, 6/2. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 19:1.
Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 1, Monfis 6 ta eys zarbani amalga oshirdi. Qo'shxatolar Gaelda ko'proq bo'ldi - 5 ga 3. Endi Novak Western & Southern Open turnirining 1/4 finalida amerikalik Teylor Fritcga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar