17 may 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/219002_220.jpg)
Czyu CHarloga: "Men bilan jang qil yoki ket - bo'ldi!"
O'rta vazn toifasi bokschisi Timofey Czyu mutlaq chempion Jermell CHarloga qarshi jang o'tkazmoqchi.
"U hurmatga loyiq bo'lmagan odam, shuning uchun uning ovozini o'chiring. U menga yoqmaydi.
O'ylaymanki, u bilan jang qilamiz. CHunki oramizda xech qanday mehr yo'q - faqat nafrat. Agar senga raqs bo'yicha sherik kerak bo'lsa, shu erdaman. Men majburiy davogarman. Senda qaror qabul qilish yoki kamarni bo'shatib qo'yish uchun bir necha oy vaqt bor. Men bilan jang qil yoki ket, bo'ldi!", - dedi Czyu.
Eslatib o'tamiz, Czyu WBO yo'nalishi bo'yicha davogar hisoblanadi. Ushbu o'rta vaznda Isroil Madrimov ham jang qiladi.
Havola :
Fikrlar