09 okt 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Czyuning navbatdagi raqibi malum
Boks afsonasi Kostya Czyuning o'g'li Tim Czyuning navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.
Uning bo'lajak raqibi WBU'ning ikkinchi darajali kamari sohibi Bovin Morgan bo'ladi. Hozircha to'qnashuvning sanasi va jang manzili haqida malumot berilmagan.
Eslatib o'tamiz, Tim Czyu so'nggi bor avgust oyida sobiq jahon chempioni Jeff Xornga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini o'ninchi raundda mag'lub etishni uddalagandi. Xorn undan avvalgi jangida afsonaviy Menni Pakyaoni mag'lub etib, shov-shuv ko'targandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar