19 iyu 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Jon Jonsning UFC'ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi
UFC rahbari Dana Uayt sobiq chempion Jon Jonsning oktagonga qaytish ehtimoli haqida gapirdi.
"Men bilan Jon o'rtasida hech qachon dushmanlik bo'lmagan. SHunchaki munosabatlarimiz biroz g'alati shakllangan. Jon — barcha davrlarning eng buyuk jangchisi. U bizning qaerda turganimizni va vaziyat qandayligini yaxshi biladi.
Lekin bilmadim... Keyin nima bo'lishini ko'ramiz.
Bu hammasidan ko'ra uning o'ziga bog'liq. U bu haqda ko'p gapirishni yaxshi ko'radi. Ammo gapirish boshqa, jang bo'yicha kelishuvga erishish va shartnoma imzolash esa butunlay boshqa masala", — dedi Uayt.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar