06 noy 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Maxachev - Oliveyra revansh jangi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
UFC prezidenti Dana Uayt Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra UFC 297 turnirida jang qiladimi degan savolga javob berdi.
Dana Uayt CHarlz Oliveyra Islam Maxachevga qarshi jang qilish uchun asosiy davogar ekanligini tasdiqladi. Ammo qachon ikkala aralash yakkakurash ustasi ham tayyor bo'lsa, o'shanda bu jang tashkil qilinishini urg'uladi. Dananing fikricha, hozir na Islam va na CHarlz bu jangga tayyor emas!
Avvalroq, jurnalist Ariel Xelvani Islam Maxachev yanvar oyida Torontoda CHarlz Oliveyraga qarshi revansh jangini o'tkazishini aytgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar