21 iyu 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/223754_220.jpg)
Dana Uayt: "Menimcha, bu ularning jang qilishiga to'sqinlik qilmaydi"
UFC rahbari Dana Uaytning aytishicha, yarim o'rta vazndagi Kolbi Kovington va Xorxe Masvidalning sud jarayoni ularning oktagonga qaytishiga to'sqinlik qilmaydi.
Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt UFC on ESPN 37 turniridan keyingi matbuot anjumanida malum qildi.
"Hozir nima bo'layotganini aniq bilmayman. Lekin bizda huquqiy muammolari bo'lgan yigitlar ham bor va ular turnirda oktaganga ko'tarildi. Menimcha, bu ularning jang qilishiga to'sqinlik qilmaydi", — dedi tashkilot rahbari.
Bir necha kun oldin Uayt Kolbi Kovingtonni Xamzat CHimaev bilan jang qilish uchun birinchi raqamli davogar ekanini aytgandi.
Eslatib o'tamiz, ayni damda Kolbi Kovington sobiq do'sti Xorxe Masvidal bilan bo'lgan janjalda jabrlanuvchi hisoblanadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar