19 iyu 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt qanday holatda Makgregor yana UFC'da jang qilishi mumkinligini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregorning qaytishi va uning keyingi jangi haqida hozircha gapirishga erta ekanini takidladi.
"Tushunaman, hamma Konor Makgregor haqida gapiryapti. Ammo Konorni tizza operaciyasi kutib turibdi. SHundan keyin reabilitaciya jarayoni bo'ladi va bir kun kelib shifokor unga: “Endi to'liq mashg'ulotlarga qaytishing mumkin”, deydi.
O'sha vaqt kelmaguncha bu mavzuda gapirishning umuman manosi yo'q.
U albatta tizzasidan operaciya qilinadi va bu sportda tiklanish qancha vaqt olishini hamma yaxshi biladi. SHuning uchun hozir Konor Makgregor yoki ehtimoliy revansh haqidagi savollarning manosi yo'q", — dedi Uayt MMA Fighting nashriga.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar