So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

06 avg 15:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt UFC`ni sotib olishdan oldin qanday qilib 380 000 dollar ishlab topganini aytib berdi

Teglar :  Dana UaytUFC
UFC prezidenti Dana Uayt 2001 yilda promoushenni sotib olishidan oldin qanday daromad qilganini ochiqladi.

Tajribali aralash yakkakurashlar funkcioneri sport zallari va murabbiylik faoliyatidan yiliga taxminan 380 000 dollar daromad qilgani va o'sha davr uchun bu summa "juda yaxshi daromad" bo'lganini takidladi.

"Men Bostondan ketib, Vegasga keldim. U erda odamlarga murabbiylik qila boshladim, zallar ochdim. Ishlarim juda yaxshi ketayotgan edi. Zallarim bor edi, qo'shimchasiga jangchilarni ham shug'ullantirardim. Lekin menga siz kabi odamlar va uy bekalari bilan ishlash ko'proq yoqadi. Siz kelasiz, maqsadga intilasiz va pul to'laysiz. Jangchilar esa senga bir tiyin ham to'lamaydi. Menga jangchilarni shug'ullantirish yoqmaydi, lekin buni qo'shimcha ish sifatida qilardim.

Menda muvaffaqiyatli biznes bor edi. UFC`ni sotib olishdan oldingi oxirgi yilda men mashg'ulotlar va zallar orqali 380 000 dollar ishlab topdim. Qo'l ostimga bir-ikki kishini yolladim, lekin ishning asosiy qismini o'zim bajardim. Bu biznes bilan shug'ullangan har qanday odam biladiki, agar siz yarim million dollarga yaqin pul ishlayotgan bo'lsangiz, demak, ishlaringiz juda yaxshi", — deya Uaytning so'zlarini keltirib o'tadi "dank" X ijtimoiy tarmog'ida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing