01 okt 16:49
Yangiliklar

Dana Uayt Xabib Nurmagomedov jamoadoshini shartnomasiz qoldirdi
Gap rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Rashid Vagabov haqida ketmoqda. Jangda yaqqol favorit hisoblangan Rashid braziliyalik Paulo da Silvaga qarshi kechgan uch raundlik jangda ochkolar (30-27, 30-27, 30-27) hisobiga ko'ragina g'alaba qozondi.
Vagabovga shartnomaga imzo qo'ymaslik qarorini tushuntirar ekan, Dana Uayt rossiyalikning o'zini ko'rsatishi va jang paytida u bilan gaplashishga urinishi bilan izohladi.
"Agar sen jangning o'rtasida men bilan gaplashsang va jahon chempioni bo'lishga vada bersang, ammo sakkiz karra favorit bo'la turib, raqibni muddatidan avval mag'lub eta olmasang, men qoyil qolmayman", - dedi UFC rahbari shoudan so'ng.
Tashkilot bilan shartnomalarni muddatidan oldin g'alaba qozongan Demian Pinas, Luis Jurdeyn, Kristofer Alvidres va Kyortis Kempbell qo'lga kiritdi.
Fikrlar