08 okt 13:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Dyubua davogarlik jangiga rozi bo'ldi, g'olib Usikka qarshi jang qiladi
IBF yo'nalishida sobiq chempion Daniel Dyubua kubalik Frenk Sanchesga qarshi IBF yo'nalishi bo'yicha davogarlik jangini qabul qildi.
Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Bu jangda g'alaba qozongan bokschi IBF kamari uchun majburiy davogarga aylanadi. Hozirda bu kamar superog'ir vazn toifasining mutlaq chempioni, 38 yoshli ukrainalik Aleksandr Usikka tegishli.
Malumotlarga ko'ra, bokschilar o'rtasidagi muzokaralar hali davom etmoqda va tomonlar 22 oktyabrga qadar kelishuvga erishishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Usik Dyubuaga qarshi jangda ikki bor g'alaba qozongan: 2023 yil avgustida texnik nokaut bilan, 2025 yil iyulida esa nokaut bilan.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar