14 avg 19:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Daniel Korme: "Sendan yaxshiroq narsa kutgandim"
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC kamariga davogar Darren Till o'zining ijtimoiy tarmoqlarida rossiyalik Islam Maxachev va braziliyalik CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
Bundan tashqari, Darren ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Kormening o'rniga boshqasi sharhlovchilik qilishi kerakligini aytdi.
"CHarlz Islamga qarshi. Bu qanday jang! Faqat Daniel Kormega bu jangni sharhlashiga yo'l qo'ymang", — deb yozadi Till.
Korme esa Tillni uzoq kuttirmadi va unga javob berdi.
"Darren, men sendan yaxshiroq narsa kutgandim. Mening sharhlarim hakamlarga hech qanday tasir ko'rsatmaydi. Qolaversa, ko'pincha jamoam mendan g'azablanadi. Ular meni boshqa yo'nalishda ketyapman deb o'ylashadi. Till yaxshiroq harakat qil." — dedi Korme.
"Men shunchaki hazillashdim, buni faqat layklar uchun aytgandim“, — deya javob berdi Darren Kormega.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar