08 dek 13:45
Yangiliklar
Daniel Korme: "Uni tishlab olmoqchi bo'lganman"
"Jonsga qarshi jang oldidan matbuot anjumanida janjal bo'lib ketgandi. O'shanda men engilmas jangchi bo'lib turgandim.
Mana biz MGM-Grand arenasidamiz, Jon boshimga zarba berdi, men uni itarib yubordim. Ikkimiz ham alfa-kurashchilarmiz. SHunday qilib u menga qattiq hujum qilmoqda.
Jangimiz davom etmoqda, UFC uchun ishlaydigan qo'riqchi ustimga yiqildi. Sahnadan pastga qulayapmiz va o'sha paytda Jonni tishlab olmoqchi bo'lgandim", - dedi UFC'ning ikki karra sobiq chempioni Daniel Korme.
Eslatib o'tamiz, Korme Jons bilan ikki marta jang qilgan. Birinchisida u hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub bo'lgan bo'lsa, ikkinchisida texnik nokautga uchragan. Biroq keyinchalik Jons doping testlaridan o'ta olmagani uchun ikkinchi jang natijasi bekor qilingan.
Fikrlar