06 iyu 08:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore: "Bu jang orqali oilamni moliyaviy erkinlikka olib chiqdim"
Amerikalik MMA ustasi Dastin Pore unga katta pul keltirgan janglardan birini esladi.
Aniqrog'i, u Konor Makgregor bilan bo'lgan jang orqali katta pul ishlab olganini aytib o'tdi. Ular ilk bor 2014 yilda to'qnash kelishgan va unda Makgregorning qo'li baland kelgandi. Etti yildan so'ng, aniqrog'i 2021 yilda ular ikki bor to'qnash kelishdi va ikkisida ham Pore g'alaba qozondi.
Pore Makgregorni ikki bor mag'lub qilgan, ammo Xabib Nurmagomedovdan vakant qolgan engil vazn chempionlik kamari uchun kurashish imkonini qo'ldan boy bergan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilardan biri Dastinga bu janglar orqali u hech narsa qo'lga kiritmaganini aytganida Pore: "Bu janglar orqali oilamni moliyaviy erkinlikka olib chiqdim", - deya javob berdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar