24 jan 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore g'alabadan so'ng nimalar dedi?
UFC jangchisi Dastin Pore Konor Makgregorni mag'lub etganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Men baxtliman, biroq g'alaba men uchun syurpriz emas. CHunki jang uchun juda uzoq va qattiq ishladim. Konor haqiqiy professional jangchi, u juda kuchli. Bu erda jang o'tkazganimdan xursandman. Xayriya ishlarini amalga oshirishda davom etaman. Meni qo'llab turganlardan minnatdorman, ularni yaxshi ko'raman. Jangning boshi ancha qiyin kechdi, u bir nechta kuchli zarbalar yo'lladi.
Xollouey o'zini UFC'dagi eng kuchli bokschi deb hisoblaydi, biroq men o'zimni eng zo'ri deb hisoblayman. Aslida bu bahsni chempionlik jangi deb hisoblayman. Sababi Xabib faoliyatini yakunlaganini aytdi va demak men engil vazn chempioniman", - dedi Dastin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar