So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

29 jan 17:34
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Davis Cup. O'zbekiston - Serbiya o'yini oldidan PREVYU

Barchangizga yaxshi malumki, 1-2 fevral kunlari poytaxtimizdagi Saxovat Sport Servis (sobiq "O'zbekiston") sport majmuasida O'zbekiston terma jamoasi "Devis Kubogi 2019" saralash bosqichi doirasida Serbiya terma jamoasini qabul qiladi.

2019 yildan boshlab "Devis Kubogi" musobaqasi yangicha formatda o'tkaziladi. Birinchi yangilik - musobaqaning besh setlik formatdan uch setlik formatga o'tganidir. Saralash bahslarida umumiy hisobda 24 ta terma jamoa qatnashadi. Ular orasida O'zbekiston hamda Serbiya davlatlari ham bor. G'alaba qozongan 12 terma jamoa final bosqichiga yo'l oladi. Ularga o'tgan yilgi to'rtta yarim finalchilar - Xorvatiya, Ispaniya, Franciya va AQSH terma jamoalari qo'shilishadi. Yana ikki terma jamoa - Argentina va Buyuk Britaniyaga  "WC" taqdim etilgan. Bu 18 terma jamoa 18-24 noyabr kunlari Madrid shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichida o'zaro bellashadilar.

Demak, raqiblarimiz Serbiya terma jamoasi tarkibi: Dushan Layovich, Filipp Krayinovich, Laslo Jere, Nikola Miloevich va Viktor Troicki.


O'zbekiston terma jamoasi tarkibi: Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Sanjar Fayziev va Jo'rabek Karimov. Qayd etib o'tish lozimki, terma jamoamiz tarkibidan 2001 yilda tavallud topgan umidli tennischilarimizdan biri Sergey Fomin ham nihoyat joy oldi. Farrux Do'stov terma jamoa kapitani lavozimida ilk uchrashuvini o'tkazadi. Terma jamoa bosh murabbiyi sizga yaxshi tanish bo'lgan Petr Lebed.


Serblar bilan tarixda bir marotaba uchrashganmiz. 2009 yil mehmonda bo'lib o'tgan bahsda, Belgrad arenada yirik xisob qayd etilgan. Keyingi yil Serbiya terma jamoasi jahon bosqichida ishtirok etib, barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan va "Devis Kubogi" musobaqasi g'olibiga aylangan.

Ko'rinishidan, raqiblar tarkibi reyting jihatdan bizdan ancha kuchliroq. Ammo, o'z uyingda devorlar xam yordam beradi degan gap bor xalqimizda. Yakkalikda Denis Istominning qatnashishi 99% aniq bo'lib ulgurgan. Ikkinchi ishtirokchi borasida savollar hozircha ochiq turibdi. O'tgan xafta Qozonda bo'lib o'tgan "Fyuchers" turniri g'olibi Sanjar Fayzievmi yoki jarohatlardan endigina safga qaytgan Jo'rabek Karimov?




Yuqorida qayd etilganidek, endi "Devis Kubogi" musobaqasi uch setlik formatda o'tkaziladi. Fikrimizcha, shuning uchun Denis Istomin bemalol ikki uchrashuvda ishtirok eta oladi. Besh setlik formatda biz har safar uning eski jarohatidan havotirda bo'lardik. Ikkinchi ishtirokchi esa katta ehtimol bilan Sanjar Fayziev bo'ladi. Juftlikda ham Istomin/Fayziev tandemi qatnashishi kutilmoqda.

1 fevral kuni ikki yakkalik uchrashuvi bo'lib o'tsa, 2 fevral juftlik va ikki yakkalik uchrashuvlari o'tkaziladi. Terma jamoamizga ushbu bahslarda omad tilab qolamiz.

Aziz tennis muxlislari! Sizlarni 1-2 fevral kunlari «Saxovat Sport Servis» majmuasiga taklif qilib qolamiz. Yigitlarimizni birgalikda qo'llab-quvvatlaylik. Uchrashuvlarga kirish mutlaqo bepul!

Husniddin Mirzaliev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing