26 noy 18:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Den Xuker o'zining yarim engil vazndagi raqibini aytdi
Yangi Zelandiyalik UFC jangchisi Den Xuker yarim engil vazn toifasidagi o'zining birinchi jangida "Koreyalik zombi" bilan jang qilmoqchi.
"CHen Son Jon men aynan oktagonda birinchi bo'lib jang qilishni istagan jangchi. Men mamnuniyat bilan uning burnini erga ishqalab qo'ygan bo'lardim. Odamlar bunga nima deyishadi bilmadim. Buni ularga qo'yib beraman. O'zimga kelsak, ikki qo'llarim bilan Zombiga qarshi jangga roziman", - deydi Den Xuker.
Eslatib o'tamiz, Den Xuker bunday deyarli bir oy avval Islam Maxachevga birinchi raunddayoq mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar