So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

01 dek 16:50
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Denis Istomin uchun mavsum qanday o'tdi? Hamyurtimiz yil davomida qancha pul ishladi?

Mana ko'z ochib-yumguncha 2018 yil ham o'z poyoniga etib bormoqda.

Bugun biz siz bilan mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ushbu mavsumni qanday o'tkazganligi haqida qisqacha tahlil qilib o'tamiz.

Istomin uchun bu yil omadli keldi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Garchi, "Katta dubulg'a" musobaqalarida yaxshi natijalarni qayd eta olmagan bo'lsada, biz yaxshi bilamizki hamyurtimiz tajribasi evaziga boshqa turnirlarda yaxshiroq ishtirok etib, doim reytingdagi balansni ushlab tura oladi va kuchli yuzlikning doimiy vakili hisoblanadi. Istomin bu mavsum Brisben va SHtutgart shaharlarida bo'lib o'tgan ATP 250 turnirlari chorak finaligacha, Avstriyaning Kicbyuel shahridagi turnirni saralashdan boshlagan bo'lsada, finalga qadar etib bordi va hal qiluvchi bahsda slovakiyalik Martin Klijanga 2:6, 2:6 hisobida yutqazdi va vice-chempionga aylandi. AQSHning CHikago va Qozog'istonning Astana shaharlarida bo'lib o'tgan "CHellenjer" musobaqalarida zafar quchdi.


Denis Istomin bu mavsumda umumiy hisobda (Devis kubogi, ATP, "CHellenjer") yakkalikda 55 marotaba (29 g'alaba, 26 mag'lubiyat), juftlikda esa 14 marotaba (6 g'alaba, 8 mag'lubiyat) kortga chiqdi. Undan tashqari 19-25 avgust kunlari Indoneziyaning Palembang shahrida Osiyo o'yinlari doirasida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, to'rt yil avvalgi kumushni oltin medalga aylantira oldi.


Istomin bu yil ATP musobaqalarida umumiy 493,370 AQSH dollari pul mukofoti ishlab oldi. Faoliyati davomidagi jamg'argan pul mukofotlari qiymati esa 5,860,155 AQSH dollariga etdi. Ushbu mavsumni jahon reytingida 93-o'rinda yakunladi.

Kelayotgan 2019 yilgi mavsumni qahramonimiz Hindistonning Puna shahrida bo'lib o'tadigan ATP 250 musobaqasida boshlaydi va keyin katta ehtimol bilan Avstraliyaga yo'l oladi. Hamyurtimizga kelayotgan mavsumda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Husniddin Mirzaliev

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing