10 okt 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder qaytyapti, bu haqda uning o'zi aytdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder navbatdagi jangi uchun shartnoma imzolaganini elon qildi.
Amerikalik 39 yoshli bokschi 2026 yilning yanvar oyida ringga qaytadi. Biroq Deontey tafsilotlar bilan bo'lishishdan bosh tortdi.
"Menda bazi rejalar bor, biz qaytishni yanvarga mo'ljallayapmiz, - dedi Uaylder. - Men allaqachon shartnoma imzolaganman. Hozir hech narsa ayta olmayman, lekin bu jang albatta qiziqarli bo'ladi. Bu amalga oshadi. Kelgusi yil men uchun katta yil bo'ladi. Sabrsizlik bilan kutaman va faqat bir narsani aytishim mumkin: "Ikki karra!"
Eslatib o'tamiz, Uaylder so'nggi jangini iyun oyida unchalik taniqli bo'lmagan Tayrel Xerdonni mag'lubiyatga uchratgan edi. O'tgan yilning dekabrida esa Jozef Parkerga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar