15 iyu 06:47
Yangiliklar
![](/upload/storage/226833_220.jpg)
Deontey Uaylderning navbatdagi raqibi aytildi
Bu haqda britaniyalik promouter Frenk Uorren xabar bergan.
"Deontey oktyabr oyida jang qiladi. U qaytyapti, uning jangi Xeleniusga qarshi bo'lishi aytilyapti. Bu jang Qo'shma SHtatlarda bo'lib o'tadi. Jangni men tashkillashtirmoqchiman, biroq Uaylder jiddiy nokautdan so'ng qaytyapti. Buni ham unutmaslik kerak. SHubhasiz, Fyuri bilan trilogiya jangidagi nokaut unga qiyinchiliklar keltirib chiqardi", - deya Uorrening so'zlarini keltiradi Boxing 24/7 nashri.
Malumot o'rnida, Uaylder faoliyati davomida 45 ta jang o'tkazib, 42 ta g'alabaga erishgan, ikki bor mag'lub bo'lgan va bitta jangda durangga imzo chekkan.
Eslatib o'tamiz, Deontey so'nggi bor 2021 yilning 10 oktyabrida Tayson Fyuriga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Kubrat Pulevni mag'lub etgan Derek CHisora Eddi Xirndan aynan Deontey Uaylder bilan jang tashkil etib berishini so'ragan edi.
Fikrlar