19 iyu 08:01
Yangiliklar
Desham Franciya terma jamoasi boshqaruvidagi so'nggi o'yinda inglizlardan qabul qilingan mag'lubiyatni izohladi
Ushbu uchrashuv jahon birinchiligining bronza medallari uchun kurash doirasida bo'lib o'tdi.
"Mag'lubiyat alamli bo'lsa-da, vazifani bajardik degan tuyg'u bor. Musobaqani uchinchi o'rinda yakunlaganimiz yaxshiroq bo'lardi. Bizning maqsadlarimiz katta edi va ko'plab ijobiy ishlarni amalga oshira oldik. Ispaniya bilan o'yinda o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik, raqib esa bizga qarshi juda yaxshi harakat qildi.
Hamma narsa yomon deb bo'lmaydi, bizda iqtidorli jamoa bor, natijaga erishish uchun barcha narsa etarli edi. SHaxsan men uchun bu ajoyib bir sayohat bo'ldi. Naqd sakkiz haftalik go'zal davr.
Natija nuqtai nazaridan hafsala pir bo'lgani bor gap. Bizda o'n millionlab franciyaliklarga quvonchli emociyalar taqdim etish imkoniyati mavjud edi. Bu — jahon chempionati, bundan go'zalroq hech narsa yo'q. Franciya terma jamoasi libosini kiyishdan ko'ra go'zalroq tuyg'u mavjud emas", — deya Deshamning so'zlarini keltiradi "RMC Sport".
Avvalroq Desham Franciya terma jamoasini tark etishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu uchrashuv uning terma jamoadagi 14 yillik faoliyatidagi so'nggi o'yinga aylandi. "Uchranglilar" JCH-2014dan buyon ilk bor medallarsiz qolishdi.

Fikrlar