02 mar 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Devin Xeyni ehtimoliy chempionlik jangida SHahram G'iyosovning imkoniyatlarini yuqori baholadi
Boks bo'yicha ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devin Xeyni hamyurtimiz SHahram G'iyosovning Rolando Romeroga qarshi ehtimoliy jangiga taxmin bildirdi.
"Rolando hozir chetga chiqib qoldi va u shunga loyiq. Rayan Garsiya u bilan hech qachon jang qilmasligi kerak. Yaxshisi, qo'yib beringlar, u majburiy davogari SHahram G'iyosov bilan to'qnashuvda mag'lub bo'lib, chempionlik kamaridan ayrilsin", deydi Xeyni.
Avvalroq, insayder Den Rafael WBA tashkiloti Romero — G'iyosov jangi bo'yicha kimoshdi savdosi o'tkazishi haqida xabar bergandi.

Havola :
Manba : oktogonuz
Fikrlar