So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

17 sen 09:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Devin Xeyni: "Kambosos, Lomachenko, Lopes, Kruz..."

Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanini aytdi.

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik bokschining so'zlariga ko'ra, u Vasiliy Lomachenkoga qarshi ringga chiqishni istaydi.

"SHubhasiz, Lomachenko bilan jang qilishni xohlayman. Men unga ko'p yillar davomida "vyzov" tashlab kelaman. Bunday jang bilan barchani xursand qilaman, ammo birinchi navbatda 15 oktyabr kuni Kambosos bilan bo'ladigan jang. Albatta, Lomachenko men orzu qilingan raqiblar ro'yxatida bor.

Jervonta men bilan yoki boshqa birov bilan jang qilmoqchi emas. Uning rekordiga qarang - u deyarli nomalum jangchilar bilan jang qiladi. U 27 yoshda va men undan yaxshiroqman. Men mutlaq jahon chempioniman. Menimcha, Jervonta Devis hech kim bilan jang qilmoqchi emas.

Teofimo Lopes endi birinchi yarim o'rta vazn toifasida. Lekin bu Kambosos bilan revansh jangidan keyingi poziciyamga bog'liq. Biroq, Teofimo bilan jang hozir bo'ladi deb o'ylamayman, ammo kelajakda bo'lishi mumkin.

Isaak Kruz bilan jang qilmoqchiman. O'ylaymanki, bu muxlislar uchun qiziqarli jang bo'ladi. Bu men uchun ham qiziq. Ehtimol, Kruz mening engil vazndagi yana bir potencial raqibimdir. U kuchli va menga shunday bokschilar yoqadi" — dedi Xeyni Boxing Newz 24/7 telekanaliga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing