05 dek 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Devin Xeyni: "Odamlar meni nima sababdan xeyt qilishni yaxshi ko'rishlarini tushunmayman"
Bokschi Devin Xeyni muxlislar tomonidan ko'p tanqid qilinishini tan oldi.
"Bilasizmi, odamlar meni tanqid qilishni yaxshi ko'rishadi. Nega undayligini bilmayman. Barchasini qabul qilaman, lekin nima qilishim mumkin? Qanday bo'lsam, shundayman. Boshqacha bo'la olmayman. Agarda ular meni ko'proq yaxshi ko'rishganida: "Bu yigitlarga nima bo'lgan?", degan fikr o'tardi.
Odamlar buyuklarni ko'ra olishmaydi, keyin yana hurmat qilib, qarsak chalishadi. O'zimga ishonaman va yo'limdan chiqqan barchani engib o'ta olaman", - dedi boks bo'yicha sobiq mutlaq chempion Devin Xeyni.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar